Rossiya TIV O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi. Rossiya TIV jurnalistning O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilmaydiganlar haqidagi so‘zlarini haqoratomuz deb atadi.
Sherzodxon Qudratxo‘jaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini bilmaydiganlar “bosqinchi” yoki “ahmoq” ekanini o‘zlari hal qilishi kerak. Shuningdek, u rossiyalik siyosatchilarning bayonotlariga jim turish mumkin emasligini aytdi. “Rossotrudnichestvo” u va uning tuzilmalari bilan aloqalarni uzishini bildirdi.
Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.
O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing maktab ta’limidan fizika, kimyo fanlarini chiqarib tashlash haqidagi gaplari muhokamalarga sabab bo‘ldi. U o‘ziga qarshi bildirilgan fikr-mulohazalarga izoh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova esa bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.
O‘zJOKU talabasi universitetda rektorga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangandi. Universitet Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida xodim vakolati doirasidan tashqariga chiqqani sababli ishdan bo‘shatildi. Boshqa xodimlarga nisbatan hayfsan intizomiy chorasi qo‘llanildi.
O‘zJOKU talabasi universitetda rektorga salom bermagani uchun xodim tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Universitet rektori esa holatdan xabari yo‘qligini, biroq, nohaq harakat qilganlar jazolanishini aytdi. Talabaning salom berish-bermasligi bu ixtiyoriy, deya ta’kidladi Sherzodxon Qudratxo‘ja.
Sherzodxon Qudratxo‘ja prezident saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilishdan avval bildirilgan tabriklar MSKni ham hayron qoldirganini ta’kidladi. «Yaxshi xabar tez tarqaladi. Shuning uchun hayratlanmasa ham bo‘ladi, menimcha», — deydi u.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV va blogerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda amaldagi prezidentning vazifasi va saylovoldi targ‘iboti aralashib ketmasligi nazorat qilinishi aytildi. «Albatta, nomzodni saylovoldi targ‘iboti va o‘zining faoliyatini adashtirmasligimiz kerak. Lekin nazorat qilinadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Komissiya a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Shavkat Mirziyoyevning tashrif va uchrashuvlari tagida piar emas, balki islohotlar yotganini ta’kidladi.
Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja vaksinatsiya bo‘yicha O‘zbekiston yaxshi ko‘rsatkichda ketayotganligini ta’kidladi. 12 iyul holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar mamlakat aholisining 2,64 foizini tashkil qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting